AsosiySiyosat

O`zbekiston delegasiyasi Malayziyaga tashrifdan nimalarni ko`zlamoqda?

'O`zbekiston delegasiyasi Malayziyaga tashrifdan nimalarni ko`zlamoqda?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov va Bosh vazir o`rinbosari Elyor G`aniev boshchiligidagi delegasiya 2019 yil 19-21 dekabr kunlari Malayziyaga tashrif buyuradi

Mamlakatimizning Malayziyadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra tashrif chog`ida O`zbekiston delegasiyasi “Milliy suverenitetni qo`lga kiritishda taraqqiyotning roli” mavzusidagi Kuala-Lumpur sammitida ishtirok etadi.

Sammit 2014 yildan beri o`tkazib kelinadi. Unda mamlakat etakchilari, turli davlatlarning jamoatchilik, ishbilarmonlik, akademik va ilmiy doiralari vakillari ishtirok etib, musulmon olami oldida turgan tahdidlarni bartaraf etish, bu borada ilg`or tajribalarni almashish hamda islom tamaddunini rivojlantirishning eng maqbul yo`llarini izlab topish bo`yicha fikr almashadi.

Malayziya Bosh vaziri Mahathir Mohammad Sammitning raisi hisoblanadi.

Tadbir ishida Osiyo va Yaqin Sharqning davlat va hukumat rahbarlari hamda boshqa mamlakatlar hukumatlarining yuqori mansabdorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston delegasiyasi tashrifi dasturida Kuala-Lumpur shahrida qator vazirlik va idoralar, Malayziyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar o`tkazish ham ko`zda tutilgan.

O`zbekiston Xalqaro islom akademiyasining Malayziyaning qator etakchi islom universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan amaliy hamkorligi to`g`risida bitim imzolash ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar