1

DXX xodimlarining daxlsizligi kamayadi

Siyosat 15.12.2019, 21:27
Teglar: o`zgartish, qonun
DXX xodimlarining daxlsizligi kamayadi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Ba`zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunni ko`rib chiqdi. 

Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida “Prokuratura to`g`risida”gi va “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan ma`muriy javobgarlikka tortish to`g`risidagi normalar chiqarib tashlandi.

“O`zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”gi Qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha DXX raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to`g`risidagi norma bekor qilinyapti.

Senatorlar mazkur o`zgarishlar DXX xizmatchilarining mas`uliyatini oshirishga qaratilganini qayd etib, Qonunni ma`qulladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1