1

Prezident Shavkat Mirziyoev Yaponiyaga jo`nab ketdi

Siyosat 17.12.2019, 10:16
Prezident Shavkat Mirziyoev Yaponiyaga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.

Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Iqtisodiyot rivoji bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinda turadi. “Katta ettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o`ynaydi.

O`zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko`p qirrali hamkorlik bog`lab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo`ladi. Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1