1

Tanzila Narbaeva Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat 18.12.2019, 12:29
Tanzila Narbaeva Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

17 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Baku shahriga keldi.

O`zbekiston delegasiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etmoqda.

Shu kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva bilan uchrashdi.

Prezident I.Aliev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga to`xtalib o`tdi, Prezident Shavkat Mirzieyovning Baku shahriga amalga oshirgan tashrifi va O`zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammitida  to`la huquqli a`zo sifatida ishtirokiga urg`u berdi. Baku shahrida  oliy darajada bo`lib o`tgan samarali muzokaralarga yuqori baho berilib, ularning amaliy ahamiyati ta`kidlandi. Uchrashuvda ozarbayjon tomoni erishilgan kelishuvlarni to`liq tatbiq etishga tayyorligi izhor etildi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi.

Prezident I.Aliev O`zbekiston delegasiyasining Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etishini qutlab, bu Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatida yana bir muhim voqea ekanini ta`kidlab o`tdi.

Uchrashuvda Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining to`qqizinchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli o`tishiga va unda muhim masalalar muhokama etilishiga hamda yaxshi natijalarga erishilishiga ishonch bildirildi.

Tadbir O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi do`stona va birodarlik aloqalarini yana bir bor tasdiqlashi ta`kidlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1