Mitre Ultimax

Mitre Ultimax 1992 yil Angliya Premer ligasi ochilgan vaqtida musobaqaning ilk rasmiy to`pi bo`lgan.
Nike Geo Merlin II

2000 yildan boshlab Angliyaga to`p etkazib berish Nike kompaniyasi topshirilgan va kompaniya musobaqaga Geo Merlin II to`pini topshirgan.
Nike Total90 Ascente

Nike Total90 Ascente Premer liganing 2009/2010 yilgi mavsumida rasmiy to`pi bo`lgach, o`sha mavsum 20tadan ko`proq gol urgan futbolchilar soni 5tani tashkil etgan. Ular ichida 29ta golga mualliflik qilgan Dide Drogba ham bor edi.
Adidas ICON

ICON futbol tarixida 1999 yilgi ayollar o`rtasidagi jahon chempionati uchun yaratilgan ilk to`p bo`lgan.
Mitre Meteor Pro

Meteor Pro zamonaviy to`plarga javob tarzida yaratilgan bo`lib, to`p retro dizaynga ega edi.
Adidas 2008 Power Orange

Power Orange Adidas kompaniyasi tomonidan Avstriya hamda Shveysariyada o`tkazilgan Evro-2008 musobaqasi uchun maxsus yaratilgan. To`pning bunday rangda yaratilishiga musobaqa o`tkazilgan joyda ob-havoning tez-tez buzilib turishi sabab bo`lgan.
Adidas Wawa Aba

Wawa Aba – futbol tarixidagi eng rangli to`plardan biri. U Ganada o`tkazilgan 2008-yilgi Millatlar kubogi uchun Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Adidas 2013 Glider

Glider Adidas kompaniyasi tomonidan Konfederasiyalar kubogi-2013 uchun maxsus yaratilgan hamda u musobaqa mezboni bayrog`i rangida yaratilgan
Adidas Tricolore

Tricolore futbol tarixidagi katta musobaqalarda foydalanilgan ilk rangli to`p bo`lib, u 1998 yilgi jahon chempionatida mezbon jamoa – Fransiyaga g`oliblikni olib kelgan.
Nike Maxim

Nike kompaniyasining Maxim nomli to`pidan Ispaniya, Italiya hamda Angliya chempionatlarida foydalaniladi.
Adidas Teamgeist

Teamgeist 2006 yilgi Germaniyadagi jahon chempionati uchun yaratilgan bo`lib, undan MLS ligasida ham foydalanilgan.
Adidas Teamgeist Beijing

Teamgeist Pekin Olimpiadasi uchun yaratilgan. Biroq u mezbonlarga g`alaba olib kelmadi. Xitoy 1 ochko to`plab, pley-off bahsiga chiqa olmadi.
Adidas Roteiro

Bu to`pni 20 yillikning eng chiroyli to`pi deyish mumkin. U Adidas kompaniyasi tomonidan Portugaliyadagi Evro-2004 musobaqasi uchun yaratilgan. Roteiro’ning yana bir qiziq tomoni bu uning har bir o`yin uchun alohida belgilar (to`pda jamoalar, o`yin o`tkazilayotgan shahar hamda stadin nomi) bilan yaratilgan ilk to`p ekanida.
Adidas Finale Sportivo 2006

Adidas kompaniyasi 2005/2006 yilgi Parijda o`tkazilgan Chempionlar ligasi finali uchun yaratilgan. Uning ko`rinishi Chempionlar ligasining odatiy to`pi shaklida bo`lgan. Biroq qora rang o`rnida qizildan foydalanishgan.
Nike Total 90 Tracer Doma

Total 90 Amerika kubogi-2011 musobaqasi uchun yaratilgan. Uning dizayni mezbon jamoa bo`lgan Argentina bayrog`i ranglarida ishlangan.
Adidas Questra Olympics

Questra Olympics klassik ko`rinishga ega bo`lib, u Adidas kompaniyasi tomonidan Atlantada o`tkazilgan 1996 yilgi Olimpiada uchun yaratilgan.
Adidas Finale PowerOrange

Finale PowerOrange Afina (2007 yil) hamda Moskvada (2008 yil) o`tgan Chempionlar ligasi finali uchun yaratilgan. Undan o`yin vaqtida qor yog`ib qolsa foydalanish ko`zda tutilgan. Biroq ikki finalda ham qor yog`magan va muxlislar bu to`pni “amal”da ko`rishmagan.
Adidas Fevernova

Fevernova Yaponiya hamda Janubiy Koreya maydonlarida o`tkazilgan 2002 yilgi jahon chempionati uchun yaratilgan bo`lib, uning asosiy qismi oq rangdan iborat bo`lgan.
Adidas Finale Munich

Adidas kompaniyasi tomonidan 2012 yilgi Chempionlar ligasi finali uchun yaratilgan. Unda odatiy Chempionlar ligasi to`pi kabi yulduz shaklidagi naqshlar ishlatilgan. Biroq qora rang o`rniga ko`k va yashildan foydalanilgan.
Adidas Jabulani

Hech bir to`p Jabulani kabi muxlislar hamda matbuotning e`tiborida bo`lmagan. U Adidas kompaniyasi tomonidan Janubiy Afrikada o`tkazilgan 2010 yilgi jahon chempionati uchun yaratilgan.





