1

“Kunchiqar yurtda ko`rsatilgan ehtirom bizga g`urur bag`ishladi”

Siyosat 19.12.2019, 09:16
“Kunchiqar yurtda ko`rsatilgan ehtirom bizga g`urur bag`ishladi”

Mamlakatimiz Prezidentining Yaponiyaga bo`lgan rasmiy tashrifi davomida yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiluvchi qator kelishuvlarga erishilayotganligini barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali ko`rib turibmiz.

Jumladan, yuqori darajadagi tashrifning ilk kunida Toshkent va Nagoya shaharlari o`rtasidagi hamkorlik hamda “yuqori texnologiyalar parki”ni poytaxtimizda barpo etishga qaratilgan kelishuvlarni e`tirof etish joiz. 

Ayni paytda nafaqat kunchiqar yurtda, balki jahonda o`z o`rniga ega bo`lgan nufuzli oliy ta`lim muassasalaridan biri – Nagoya universitetida bo`lib o`tgan uchrashuvda universitet ilmiy kengashi tomonidan ta`lim sohasini rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi hamda ilm-fan va akademik almashinuvlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlagani uchun shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning e`tirofi sifatida davlatimiz Rahbariga mazkur ta`lim muassasasining “faxriy doktori” unvonining berilganligi barchamizga o`zgacha ruh va shukuh bag`ishladi. 

Marosim davomida Nagoya universiteti prezidenti Seyichi Masuo mamlakatimiz Prezidentining ikki mamlakat o`rtasida ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga katta e`tibor qaratayotgani, ushbu qaror ta`lim sohasidagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkorlikni yanada kengaytirishga tomonlarning intilishi ifodasi ekanini ta`kidladi.

Ayni paytda, Davlatimiz rahbari o`zbek va yapon xalqlarining o`xshash milliy qadriyatlari hamda ilm-fan va tafakkurga, kamolotga doimo intilib yashash kabi ezgu fazilatlar birlashtirib turishini ta`kidladi. Shuningdek, O`zbekiston – Yaponiya hamkorligida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi va bu borada hali ishga solinmagan imkoniyatlar borligini ta`kidladi hamda qator samarali va manfaatli takliflarni ilgari surdi.

Shu bilan birgalikda ushbu unvonni, eng avvalo O`zbekiston xalqiga ko`rsatilgan ehtirom ifodasi, deb qabul qilganligini va buning uchun Nagoya universiteti rahbariyatiga, uning ilmiy jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda ilm-fan va ta`lim sohalarida izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga o`z e`tiborini qaratdi.

Albatta, bunday e`tirofikki mamlakat o`rtasidagi ilm-fan sohasida o`zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan bir qatorda, bizda hamda ushbu ta`lim muassasasida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talaba va tadqiqotchilarda g`urur hissini oshiradi. 

Ko`rsatilgan ushbu ehtirom jonajon Vatanimizning mustahkam kelajagini barpo etuvchi yoshlar qalbida etuklikka, yaratuvchanlikka, izlanuvchanlikka hamda dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida bo`lish kabi etaklovchi tuyg`ularni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

 

 

Zafar Jumanov,

IIV Malaka oshirish instituti boshlig`ining o`rinbosari

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1