1

Shavkat Mirziyoev JICA prezidenti bilan hamkorlikning ustuvor yo`nalishlarinimuhokama qildi

Siyosat 19.12.2019, 14:09
Shavkat Mirziyoev JICA prezidenti bilan hamkorlikning ustuvor yo`nalishlarinimuhokama qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoev O`zbekistondagi islohotlarni qo`llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko`p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo`yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo`lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo`jaligini modernizasiya qilish, ekologiya, sog`liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o`z ichiga olgan yangi dastur o`zaro kelishib olindi.

Kichik va o`rta biznes loyihalarini qo`llab-quvvatlash, shuningdek, ta`lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida "yo`l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1