1

O`zbekiston san`at muzeyini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi taqdim etildi

Siyosat 19.12.2019, 15:14
O`zbekiston san`at muzeyini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi taqdim etildi

Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando O`zbekiston davlat san`at muzeyini rivojlantirish konepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi.

Ma`lumki, poytaxtimizdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizasiya qilish rejalashtirilgan. 

Ushbu loyiha doirasida O`zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan. 

Uchrashuvda me`mor tomonidan Venadagi "Albertina" muzeyi direktori Klaus Shryoder va "Alternativ Velt" kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va me`morchilikdagi ilg`or echimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan o`z taklif va tavsiyalarini berdi.

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1