1

Xotir-qizlar orasidan axborot texnologiyalarining eng faol bilimdonlari aniqlandi

Hi-tech 19.12.2019, 16:25
Xotir-qizlar orasidan  axborot texnologiyalarining eng faol bilimdonlari aniqlandi

2019 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “ITWomenUz” tanlovi g`oliblarining tantanali taqdirlash marosimi o`tkaziladi. 

Tadbirda xorijiy tashkilotlar vakillari, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari, AKT soxasi bo`yicha mutaxassislar, OO`Yularining talaba qizlari va o`qituvchilari, “ITWomenUz” loyihasi ishtirokchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishadi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi E.I.Basitxanova ishtirok etadi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi qoshidagi Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center”, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda  Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti  bilan hamkorliqda joriy yilning 19 avgustidan boshlab “ITWomenUz” - loyihasi ilk marotaba amalga oshirildi.

Mazkur loyihani amalga joriy qilishdan ko`zlangan maqsad xotin-qizlarni zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni mobil ilova, veb-sayt, dasturiy mahsulotlarni yaratish, kompyuter grafikasi va dizaynerlik  faoliyatiga o`qitish hamda dasturchi sifatida shakllanishlariga ko`maklashish orqali frilanser sifatida bandligini ta`minlashdan iboratdir.

Ma`lumot uchun, ayni paytda mamlakatimizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida 28 ming 323 nafar dasturchi faoliyat yuritayotgan bo`lib, ularning 8 ming 383 nafarini (29,5 foizini) xotin-qizlar tashkil etadi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan iyul-avgust oylarida axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirishga va ushbu sohada ishga joylashishga ehtiyoji bo`lgan xotin-qizlarni ko`proq jalb etish uchun itwomen.wcu.uz sayti ishlab chiqilib, loyihada qatnashishni xohlovchilarni onlayn tarzda ro`yxatga olish yo`lga qo`yildi.

“ITWomenUz” – loyihasining yakuniy    bosqichida o`z loyihalarini muvaffaqiyatli yakuniga etkazgan dasturchi xotin-qizlar o`rtasida “Eng yaxshi  mobil ilova”, “Eng yaxshi veb-sayt”, “Eng yaxshi dasturiy mahsulot”, “Eng yaxshi elektron plakat” nominasiyalari bo`yicha tanlov tashkil qilindi. Mukammal deb topilgan ishlarning mualliflari "Eng yaxshi mobil ilova", "Eng yaxshi veb-sayt", "Eng yaxshi dasturiy mahsulot",“AKT sohasi bo`yicha eng yaxshiinnovasion loyiha”, "Eng yaxshi elektron plakat" nominasiyalari bo`yicha “ITWomenUz” tanlovining g`olibi deb topildi.

G`oliblikni qo`lga kiritgan dasturchi xotin-qizlar diplom, statuetka  vaqimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.      Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish istagida bo`lgan “ITWomenUz” - loyihasida  ishtirok etgan xotin-qizlarga kredit mablag`lari ajratiladigan bo`ldi.

       

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1