Shu kunlarda Ummon sultonligining Al-Amirat shahrida “Masqad festivali”ning 25 yillik yubiley tadbiri o`tkazilmoqda. Unda O`zbekiston nomidan folklor yo`nalishda ijod qiluvchi “Surxon” guruhi faol ishtirokchilardan sanaladi.
Kuni-kecha bo`lib o`tgan konsert dasturida guruh yigitlari milliy qo`shiqlarimizni maromga etkazib ijro etdilar. Shuningdek, o`zbek milliy urf-odatlari, hunarmandchilik mahsulotlari ko`rgazmasi ham tashkil etildi.
Qayd etish o`rinliki, “Masqad festivali”da Fransiya, Xitoy, Turkiya, Tayland, Misr, Hindiston, Tanzaniya, Eron, Marokash kabi mamlakatlaridan ham vakillar ishtirok etishmoqda.
Festival 1 oy davom etishi rejalashtirilgan. “Surxon”chilar darakchi.uz saytiga bergan intervyusida 6 fevral sanasida Ona yurtimizga qaytib kelishlari haqida ma`lumot berishdi