1

Shavkat Mirziyoev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

Siyosat 20.12.2019, 10:03
Shavkat Mirziyoev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining an`anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Tuzilmaga a`zo davlatlar etakchilari MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Hamdo`stlikning oktyabr oyida o`tgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda O`zbekiston Respublikasi raislik qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1