1

Yaponiya Imperatori Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva tashrifi sharafiga qabul marosimi o`tkazdi(foto)

Siyosat 20.12.2019, 10:37
Yaponiya Imperatori Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva tashrifi sharafiga qabul marosimi o`tkazdi(foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.

Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O`zbekiston-Yaponiya do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo`lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi. 

Davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg`un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta`kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o`tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1