“O`zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, “binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo`yilishi”ga oid majburiy talabni nazarda tutuvchi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to`g`risida”gi qonunlar o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 950-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to`g`risidagi nizomning 12-bandiga muvofiq binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun qolganida olib qo`yilishi majburiy hisoblanmaydi.






