“Ajoyib xayolparast” filmi deganda ko`z oldimizga sertashvish, sodda, o`jar, romantik qishloq hakimi Hasan gavdalanadi. Baxtiyor Ixtiyorovning qahramoni rafiqasini shu qadar sevadiki, butun dunyo boyligini uning oyoqlari ostiga tashlashga ham tayyor. Hasanning soddaligi, beg`uborligi, rafiqasiga bo`lgan samimiy va chin muhabbati, va boyib ketish yo`lidagi soddadillarcha urinishi Baxtiyor Ixtiyorov talqinida o`ta tabiiy ishonarli ochib berilgan. Ushbu kartina suratga olinganiga salkam qirq yil bo`lsada, hamon muxlislar sevib tomosha qilishadi, filmdagi voqealarni tabassum bilan eslashadi...
“ChAYKA” AVTOMOBILI VA QORA MUShUK HAQIDA
Baxtiyor Ixtiyorov, O`zbekiston xalq artisti:
— Filmdagi Hasan obrazi o`zimga juda yoqqan. U chumoliga ham ozor bermaydigan, oqko`ngil inson. Nima qilsin, bechora... Uni muhabbat shunaqa telba ko`yga solgan-da. Yon-atrofga qarab, o`rtoqlari xotiniga istagan narsasini olib berayotganini ko`radi va nega men olib bera olmayman, deb o`ylaydi. Men hali ularga ko`rsatib qo`yaman, deb ahd qilgan oddiy, sodda yigit u. Asli kasbi shifokor, agar shu sohada ishlasa, ishlari yurishib ketishi mumkin lekin u puch va xom xayollarga berilib yuraveradi. Bu filmdagi birorta kadr menda qiyinchilik tug`idirmagan. Faqat qora mushukni quvib yuradigan holatimni aytmasa (kuladi). Sababi...
Intervyuni to`liq holda "Darakchi" gazetasining 5-sonida o`qishingiz mumkin.
Obuna indeksi 424





