AsosiyShou-biznes

Ibrohim Totlisas: “Bu bizning so`nggi suratlarimiz bo`lishi mumkin”

Mashxur turk qo`shiqchisi Ibrohim Totlisas ayni kunlarda AQShning Mayami shtatiga jarrohlik amaliyoti uchun jo`nab ketdi, deb yozadi turkiyaning Hürriyet  gazetasi.

2011 yili uning miyasiga noma`lum shaxs tomonidan uzilgan o`q tufayli qo`shiqchi tanasining tepa chap qismi falaj bo`lib qolgan. Shu sabab ham u shifokorlar tomonidan tavsiya qilingan mahsus jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazishiga to`g`ri keladi. Biroq ushbu jarrohlik amaliyotining qay tarzda yakunlanishini hech kim bilmaydi. 

Aeroportga uni kuzatgani sobiq turmush o`rtog`i Ayshegyul Yildiz va qizalog`i Elif Ada, o`g`li Ido, qo`shiqchi Damet Akalin, do`sti aktyor Aydemir Akbashlar chiqishdi.

Ketish oldidan u qo`liga qizalog`ini olarkan, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ularni birgalikda suratga olishga “bu bizning so`nggi suratlarimiz bo`lishi mumkin”, deya ruxsat berdi.

    Boshqa yangiliklar