AsosiyDunyo

Koinotdan ko`rinadigan favvora: 310 m balandlik, 6600 yoritkich va 25 ta rangli projektor

Er yuzidagi eng qimmat favvora Dubayda joylashgan bo`lib, u 218 mln. AQSh dollariga baholangan (800 000 000 dirxam). “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirgan Dubai Fountainning balandligi 275 m, maydoni esa 3 ta standart futbol maydoni bilan barobar.

Qurilish 2009 yilda yakunlangan bo`lib, loyihalash ishlari bilan Amerikaning WET kompaniyasi shug`ullangan. Dubai Fountain dunyodagi eng baland minora — Burj Xalifa oldida joylashgan, uning suvi 310 m balandlikkacha ko`tariladi, favvorada 6600 yoritkich hamda 25 ta rangli projektor mavjud.

Har soniyada Dubai Fountain havoga 83 tonna suv olib chiqadi, kompyuter dasturlari yordamida esa 1000 ta figura va ko`rinishni aks ettirish mumkin.

Eng katta va qimmatbaho favvora yana bir rekordni zabt etdi – u koinotdan turib ko`rish mumkin bo`lgan Osiyoning eng yorug` nuqtasi deb tan olindi. Namoyishlar chog`ida yorug` tomosha 32 km. uzoqlikdan ko`rinadi.

    Boshqa yangiliklar