1

O`ZMUda "falsafa ilmiy markazi" tashkil etiladi

Jamiyat 03.02.2015, 16:46
O`ZMUda "falsafa ilmiy markazi" tashkil etiladi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida O`zbekiston faylasuflarining I Kongressi oldidan "Zamonaviy o`zbek falsafasi: taraqqiyot istiqbollari" mavzuida respublika ilmiy-nazariy anjumani bo`lib o`tdi. Anjuman O`zbekiston Milliy universiteti va uning qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar o`quv-ilmiy kompleksi hamkorligida tashkil etildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Tadbirning maqsadi O`zbekistonda va jahonda falsafa fanining ahvoli, shuningdek, uni yangilash va rivojlantirish bilan bog`liq masalalarni muhokama etish, hozirgi vaqtgacha echimini topmagan muammolardan kelib chiqib, zamonaviy o`zbek falsafasi va uning taraqqiyot istiqbollarini tadqiq etishning eng dolzarb jihatlarini respublikamizning etakchi olimlari ishtirokida muhokama etishdir.

Anjumanda respublikamiz faylasuflarining imkon qadar keng doirasi yig`ilib, ularning diqqat-e`tibori yana bir bor umuminsoniy ma`naviy qadriyatlar, diniy-falsafiy fikr, etika, estetika va insoniyat ijtimoiy ongining boshqa sohalari rivojlanishiga ulkan turtki bergan jahon falsafasining eng muhim va zarur muammolarga qaratildi. Tadbirda masalalarning qo`yilishi jihatidan qator qiziqarli ma`ruzalar tinglandi, ular konferensiya materiallari to`plamiga kiritildi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar o`quv-ilmiy kompleksini yaqin kelajakda Respublikada falsafa fanini muvofiqlashtiruvchi «Falsafa ilmiy markazi»ga aylantirish zaruriyati mavjudligi to`g`risidagi fikr bir ovozdan ma`qullandi. Bu haqda "Toshkent oqshomi" gazetasi xabar qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1