AsosiyJamiyat

Suyarjon Qurbonqulov Markaziy saylov komissiyasining kotibi bo`ldi

Joriy yilning 3 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining kotibi etib Suyarjon Qurbonqulov tayinlandi. Bu haqda uz24.uz nashri elections.uz ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.

Ma`lumot uchun. Suyarjon Qurbonqulov 1960 yilda tug`ilgan, oliy ma`lumotli,Toshkent davlat universitetini  tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. O`zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimida ishlagan. 2014 yilda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zosi etib saylangan.

    Boshqa yangiliklar