AsosiyDunyo

94 yoshli xitoylik ayol koma holatidan chiqqach faqat inglizchada gapira boshladi

Insult tufayli koma holatiga tushib qolgan Lyu Jeyu ismli 94 yoshli xitoylik ayol ikki haftadan keyin hushiga kelib, o`z ona tili bo`lgan xitoy tilini unutib, 30 yildan beri foydalanmagani ingliz tilida gapirishni boshlagan. Bu haqda kun.uz ma`lumotlari asosida Central European News agentligi xabar beradi.

Jeyu yotgan shifoxonadagi shifokorlar unga serebral miokard tashxisini qo`yishgan hamda qarindoshlariga tuzalib ketishiga kafolat yo`qligini aytishgan. Biroq ayol hushiga kelib, inglizchida “Men qaerdaman? Nima bo`layapti?” deganida ular hayratdan yoqalarini ushlab qolishgan.

    Boshqa yangiliklar