1

O`zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmi oshadi

Iqtisodiyot 26.12.2019, 15:14
Teglar: oziq-ovqat, Xitoy, O`zbekiston
O`zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmi oshadi

Kuni kecha “O`zagroeksport” AJ va “Shiszindan” eksport-import savdo kompaniyasi, “Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi o`rtasida savdo hamkorlik bo`yicha bayonnomalar imzolandi. 

Bunday o`zaro foydali shartnomalarga 21-25 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg`ur muxtor o`lkasi tijorat departamenti va Shinjon ishlab chiqarish-qurilish korpusi delegasiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizga tashrifi doirasida erishildi. Muzokaralar yakuni bo`yicha “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati xabar berdi.

Delegasiya tarkibidan Shinjon-Uyg`ur muxtor o`lkasining savdo, moliya, konsalting, logistika, qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillari ham bor edi. 

Tashrif doirasida delegasiya a`zolari “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O`zagroesport” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashib, O`zbekistondan Xitoyga qishloq xo`jaligi mahsulotlari importini oshirish masalalari bo`yicha muzokaralar olib borishdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1