1

"O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi yil loyihasi deb e`lon qilindi

Madaniyat 26.12.2019, 19:20
Teglar: O`zbekiston, madaniyat
"O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi yil loyihasi deb e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha parlament komissiyasiyasi yil loyihasini e`lon qildi. Bu e`tirofga "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi sazovor bo`ldi.

Ushbu xabar Toshkentda bo`lib o`tgan «Ozod yurt to`lqinlari» media-festivali doirasida e`lon qilindi.   

– «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi dunyoda yagona, uning o`xshashi yo`qdir. 2018 yilda bu loyiha doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Kelgusi yilda ham oldimizda katta vazifalar turibdi. Hozirda qilinadigan ishlar bo`yicha «Yo`l xaritasi» ishlab chiqilmoqda. Ular haqda yaqin kunlarda batafsil ma`lumot beriladi, – dedi loyihaning ilmiy rahbari Edvard Rtveladze.
 

– O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan madaniy merosimizni asrash borasidagi tashabbus bugungi kunda dunyoning 300 dan ortiq taniqli olimlari tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. Ular O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati tarkibida o`zaro birlashishgan. Biz yil davomida loyihani qo`llab-quvvatlagan insonlarga o`z minnatdorligimizni bildiramiz, – deb ta`kidladi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxalikov.

Shuningdek media-festivalda «Eng yaxshi telekanal» yo`nalishida Uzreport, eng yaxshi radiostansiya yo`nalishida Nukus Fm, O`zbekistondagi saylov kampaniyasiga bag`ishlangan eng yaxshi media-mahsulot yo`nalishida "Demokratik debatlar" tok-shousi taqdirlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1