1

Yangi yildan Markaziy bankning asosiy stavkasi va foiz koridori joriy etiladi

Iqtisodiyot 29.12.2019, 11:30
Yangi yildan Markaziy bankning asosiy stavkasi va foiz koridori joriy etiladi

Markaziy bankning Boshqaruvi qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab pul-kredit operasiyalari bo`yicha Markaziy bankning asosiy stavkasi va foiz koridori joriy etiladi.

Bunda, asosiy foiz stavka qayta moliyalash stavkasining joriy ko`rsatkichi – 16 foiz va foiz koridori ± 1 foiz bandi darajasida belgilandi.

O`z navbatida, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi amaliyotda o`z kuchini saqlab qoladi hamda qonunchilikda ko`rsatib o`tilgan, shuningdek boshqa holatlarda uning miqdori asosiy stavkaga teng darajada qabul qilinadi.

Markaziy bankning operasion maqsadi asosiy stavka hamda pul-kredit operasiyalari yordamida banklararo pul bozori foiz stavkalarini samarali boshqarish hamda uning belgilangan foiz koridori doirasida bo`lishini ta`minlash hisoblanadi.

Pul bozori foiz stavkalarining keskin tebranishlarining oldini olish, ularning o`rnatilayotgan foiz koridori doirasida yoki asosiy foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta`minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan quyidagi pul-kredit operasiyalaridan (instrumentlaridan*) foydalaniladi:

  • doimiy tusdagi 1 kunlik (“overnayt”) valyutaviy SVOP va REPO operasiyalari, o`zgarmas foiz stavkada taqdim etiladi hamda foiz koridorining yuqori chegarasini (asosiy stavka + 1 foiz band) belgilab beradi;
  •  doimiy tusdagi 1 kunlik (“overnayt”) depozit operasiyalari, o`zgarmas foiz stavkada taqdim etiladi va foiz koridorining quyi chegarasini (asosiy stavka - 1 foiz band) belgilab beradi;
  •  2 haftagacha muddatga ega bo`lgan valyutaviy SVOP, REPO va depozit auksionlari, ular bo`yicha foiz stavkalar Markaziy bankning asosiy stavkasiga yaqin darajada shakllanadi;
  •  bank tizimidagi likvidlikning tarkibiy profisitini tartibga solish hamda tijorat banklariga likvidlik berish operasiyalari bo`yicha garov ta`minoti bazasini shakllantirish  maqsadida qisqa muddatli (uch va olti oylik) Markaziy bank obligasiyalarini muomalaga chiqarish hamda auksion savdolari orqali tijorat banklariga joylashtirish rejalashtirilgan.

Markaziy bank tomonidan valyutaviy SVOP, REPO va depozit auksionlarini o`tkazish to`g`risidagi ma`lumotlar muntazam ravishda rasmiy veb-sahifada oldindan e`lon qilib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1