AsosiyJamiyat

Jizzaxlik fermer baliqchilikdan olayotgan daromadidan o`zi yashaydigan mahallasining ichki yo`llarini ta`mirladi

Jizzaxlik fermer 433 million so`m mablag` sarflab, 12 ta baliqchilik xo`jaligini tashkil etdi. Natijada ellikka yaqin yangi ish o`rni yaratildi. Arnasoylik fermer Yangiboy Muqimov suv tanqis bo`lgan cho`l hududida baliqchilikni yo`lga qo`ydi. 2010 yilda tuman hududidagi tashlandiq 7,6 gektar erda baliqchilik fermer xo`jaligi tashkil etdi. Dastlabki yili fermer 6,7 tonna baliq etishtirdi. 2014 yilda 15 tonna mahsulot etishtirib, 150 million so`mlik foyda ko`rdi, deya xabar beradi uz24.uz O`zA ma`lumotlariga tayanib.

Mahsulotini asosan tuman aholisiga sotayotgan fermer viloyat va mamlakat miqyosida o`tkazilayotgan oziq-ovqat yarmarkalarida faol ishtirok etmoqda. Mazkur yarmarkalar orqali keyingi uch yilda etti tonnaga yaqin baliq sotdi. Fermer olayotgan daromadidan qishloqni obodonlashtirish, kam ta`minlangan, ehtiyojmand oilalarga moddiy ko`mak berishga mablag` ajratadi. Xususan, keyingi ikki yilda o`zi yashayotgan Baxtli mahallasining ichki yo`llarini ta`mirlash, bolalar sporti maydonchasi qurish, kam ta`minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlash uchun 8 million so`mdan ortiq mablag` sarfladi.

    Boshqa yangiliklar