1

Madina Muxtorovaning qarindoshi haqiqatni ochib tashladi: kaltaklangan bola yana zulm ostida murojaat qilgan, aktrisa esa izsiz yo`qolgan

Jamiyat 03.01.2020, 18:10
Madina Muxtorovaning qarindoshi haqiqatni ochib tashladi: kaltaklangan bola yana zulm ostida murojaat qilgan, aktrisa esa izsiz yo`qolgan

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda akasi va kelinoyisi tomonidan doimiy urib, xo`rlanib kelinayotgan bolaning holati aks etgan video tarqaldi.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, jabrdiyda bola O`zbekistonda mashhur aktrisa Madina Muxtorovaning farzandi bo`lib chiqdi. Shuningdek, vaziyat bir zumda o`zgarib, bola videomurojaat bilan chiqib, o`zining kaltaklanmaganini bildirdi. Biroq ayni paytda jabrdiyda bolaning xalqqa qilgan murojaati yolg`on bo`lib chiqmoqda. Ya`ni bolaga rostdan ham doimiy ravishda o`z jigarlari tomonidan azob berilib kelinayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda bolaning onasi Madina Muxtorova tomondan qarindoshi bo`lgan ayol xalq oldida chiqish qilib, barcha haqiqatni aytib berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, jabrdiyda va uni urgan shaxs aka-uka bo`lib, bir yildan buyon Madina Muxtorova katta o`g`li Sanjar va uning xotini Oyjamol tomonidan kichik o`g`liga berilayotgan azoblardan qiynalib yurar ekan. Biroq o`zining taniqli aktrisa ekanligi va hammaga ovoza bo`lsa sharmanda bo`lishdan, shuningdek, har ikkisi ham o`zining farzandi ekanligini o`ylab ushbu razilliklarni yashirib kelgan. Voqeani aytib berayotgan qarindoshi esa bunday janjallarning bir nechtasiga o`z ko`zlari bilan guvoh bo`lganini ma`lum qilgan, shuningdek, jabrdiyda bolani hatto bir safar kasalxonaga ham joylashtirganini, biroq o`sha zulmkor kelinoyisi uni xech kimdan so`ramay olib chiqib ketganini aytgan. 

“Sanjar va uning xotini 12 yoshli jiyanimga odam kuchugiga ham ravo ko`rmaydigan munosabatni va xo`rlashni ravo ko`rishardi. Ba`zan xech kimga ko`rsatmay Mirfayzni qaerlargadir berkitib qo`yishardi. 20 kun podvalda ham yotgan bola. Shunday paytlarda Madina yig`lab mandan yordam so`ragandi. Bugun bo`lgan voqeadan men shokka tushmadim, chunki bunga avval ham guvoh bo`lganman va shuni qasam ichib ayta olamanki, ushbu videoda ko`rib turganingiz hammasi haqiqat. Jabrdiydaning akasi va uning xotini bolani doim shunday urishgan. O`sha oxirgi kun ham jiyanim menga yig`lab telefon qildi. Iltimos, meni va oyimni bu erdan olib keting, oyimni mazalari qochib qoldi. Biz Yunusoboddamiz dedi. Madina opamni esa gapirishga ham madori yo`q edi. Ammo borgunimcha, uyga hech kimni kiritishmagan, qanaqadir ko`cha odamlari ularni oldiga kiritgani ham qo`ymabdi.  Madina Muxtorova zulm qilib olib chiqib ketilibdi. Hozirgacha Madina opamdani xabar yo`q. Qaerga olib chiqib ketildi, hozir ahvoli qanday bilmaymiz...”

Shuningdek, ayol jabrdiyda bolaning bugun internet tarmog`ida qilgan murojaati ham zulm ostida berilganini ma`lum qildi. Madina Muxtorovaning qarindoshi, Yunusobod tumanidagi 35-uy aholisi ham bu holatlarga guvohligini, mahalla, uchastka inspektorlari nega chora ko`rmayotganiga hayronligini bildirgan. Shuningdek, bugun O`zbekiston xalqidan ayni paytda qaerdaligi noma`lum qolayotgani Madina Muxtorovaga yordam berishlarini iltimos qilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1