1

Shavkat Mirziyoev xalqaro mukofotga sazovor bo`ldi

Siyosat 04.01.2020, 15:26
Shavkat Mirziyoev xalqaro mukofotga sazovor bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san`atkorlari jamg`armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan ta`sis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qo`shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo`ldi.

Bu haqda TURKSAVning Anqarada o`tkazilgan maxsus matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hay`ati kollegial qo`mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san`at namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini o`rganish natijalari asosida e`lon qilindi.

TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san`at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mukofotga turli yillarda Turkiya Prezidenti S.Demirel, Ozarbayjon Prezidenti H.Aliev, Qozog`iston Prezidenti N.Nazarboev va boshqalar sazovor bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1