Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayol kishining hamshirani do`pposlagani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Kaltaklangan hamshiraning turmush o`rtog`i, shu bilan birga tibbiyot xodimi bo`lgan Xolmo`min Eshdavlatov quyidagi fikrlarini bildirdi.
“Biz bu kasbni kaltaklanish, xo`rlanish uchun tanlamaganmiz. Bu voqea oilamizga, to`rt nafar farzandimizning ruhiyatiga qattiq ta`sir qildi. Shifokorlarga nisbatan qilinayotgan tajovuzlar qachongacha davom etishi mumkin? O`z xizmat vazifasini tun-u kun bajarayotgan tibbiyot xodimining xavfsizligi qachon ta`minlanadi? Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan turmush o`rtog`imga qo`l ko`targanlarga nisbatan keskin jazo choralarini ko`rishlarini talab qilaman”.
Avvalroq Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh bergandi.






