Yaqin kunlardan beri dunyo ommasining e`tibor markazida bo`lib turgan voqea bu -Eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh tomonidan o`ldirilishidir. Hozirda Eron tomoni qattiq g`azabda va AQSh dan o`ch olishni maqsad qilgan.
Eron 2015 yilda qabul qilingan yadroviy bitimdan xam butunlay voz kechdi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni Sulaymoniy o`rniga kelgan yangi general Ismoil G`ani AQShdan qasos olish haqida aytib o`tdi.
G`ani Eron davlat televideniyasiga bergan intervyusida:
“Qodir Xudo qasos olishni va`da qildi va Xudo asosiy qasoskordir. Albatta, qasos amalga oshiriladi. Biz Xudoning yordami bilan shahid bo`lgan Sulaymoniyning yo`lini avvalgidek qat`iy davom ettirishga va`da beramiz va uning shahidligi evaziga Amerikani mintaqadan chiqarib yuborishni maqsad qilamiz», dedi.
Eslatib o`tamiz:
Sulaymoniyning qizi AQSh va Isroil uchun «qora kunlar» kelganini ma`lum qilgan edi.
Eron Trampning kallasi uchun 80 mln evro va`da qildi.
Millionlab odamlar o`ldirilgan eron generali bilan vidolashgani chiqdi.






