Kecha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Norin tumanida viloyat yoshlari bilan muloqot o`tkazdi. Viloyat rahbarining ma`lum qilishicha, endilikda xalqaro fan olimpiadalari g`oliblarini munosib taqdirlash yo`lga qo`yiladi. Tan olingan xalqaro olimpiadalarda 1-o`rinni qo`lga kiritganlarga “Nexia-3”, 2-o`rin egalariga “Spark”, 3-o`rin sohiblariga “Damas” avtomobillari sovg`a tariqasida taqdim etiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.






