AsosiyJamiyat

Buxoroda “Orient Avto Lizing” MChJ rahbarlarining nayranglari fosh qilindi

'Buxoroda “Orient Avto Lizing” MChJ rahbarlarining nayranglari fosh qilindi'ning rasmi

Buxoro tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan U.Sh, Buxoro shahrida yashovchilar, 1969 yilda tug`ilgan M.A va 1990 yilda tug`ilgan X.K.larning arizalari yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar dastlabki tekshiruv harakatlari davomida, Buxoro shahrida joylashgan “Orient Avto Lizing” MChJ mansabdor shaxslari ushbu fuqarolarni aldab, to`rt oy muddatda “Kobalt” rusumli avtomashina keltirib berishni va`da qilib, 2019 yil 20 may kuni fuqaro U.Sh.dan 50.000.000 so`m, 2019 yil 21 fevral kuni fuqaro M.A.dan 30.000.000 so`m va 2019 yil 27 iyun kuni fuqaro X.K.dan 38.000.000 so`m pullarini olib, avtomashinalarni muddatlarida keltirib bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Orient Avto Lizing” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! O`qishga yoki ishga qiritish, chet elga yuborish, uy-joy yoxud avtomashina olib berish va boshqacha ko`rinishda Sizning foydangizga ish qilish evaziga oldindan to`lov taklif qilayotgan shaxslarning aldovlariga uchmang! Firibgarlardan ogoh bo`ling, deyiladi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar