AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimi ajrim yoqasiga kelib qolgan 60 dan ziyod oila vakillarini yarashtirib qo`ydi

'Surxondaryo viloyati hokimi ajrim yoqasiga kelib qolgan 60 dan ziyod oila vakillarini yarashtirib qo`ydi'ning rasmi

Bugun, 7 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov turli sabablarga ko`ra birga yashamayotgan, yarashtirish imkoni bo`lmayotgan, oilaviy masalalari bo`yicha FHDYo organlari va Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga ariza bergan oilalar vakillari bilan uchrashdi.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida o`tkazilgan uchrashuvda viloyat, shahar va tumanlar xotin-qizlar qo`mitasi raislari, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar raislari, imom xatiblar, FHDYo bo`limi mudirlari, Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbarlari va tegishli mahalla fuqarolar yig`inlari vakillari ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyatida 622 mingdan ortiq oila istiqomat qiladi. Ta`kidlanganidek, 2019 yilda 1889 ta oilaning ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko`rmoqda.

Uchrashuvda oilalarni mustahkamlash, nikoh, oila, farzand tarbiyasiga daxldor muammo va masalalarni hal etish, sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda, ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan fikrlashildi. 

Oilaviy hayot xotirjamligiga raxna soluvchi omillar, xotin-qizlar va voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilik, oilaviy zo`ravonlik, ajralishlarning oldini olishda hamkorlik ishlaridagi kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo`llari muhokama etildi.

Tadbirning yana bir ahamiyatli tomoni, unda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan, o`rtadagi nizo tufayli hozirda alohida-alohida yashayotgan 60 dan ziyod oila vakillari yarashtirib qo`yildi, natijada ularning oilalari qayta tiklandi. 

 

    Boshqa yangiliklar