Internet tarmoqlarida Chevrolet Spark yangi avlodining tashqi ko`rinishi aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Surat Koreyaning Bobaedream nashri tomonidan taqdim etilgan, deya xabar beradi uz24.uz nashri.
Yangi mashina dizayni xitoyliklarning Chevrolet Cruze avtomobiliga o`xshash.
Xabarlarga ko`ra, yangi Chevrolet Spark 75 ot kuchiga ega bo`lishi taxmin qilinmoqda hamda uning narxi 9,5 ming evroga baholanishi mumkin.
Yangi avtomobilning rasmiy taqdimoti qachon o`tkazilishi va qachondan sotuvga chiqarilishi, shuningdek, qaysi mamlakatlarda ishlab chiqarilishi ham hozircha noma`lum.