AsosiyJamiyat

8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni

'8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni'ning rasmi

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, milliy davlatchiligimizni tiklash, davlat tuzilmalarini tashkil etish hamda sud-huquq tizimini isloh qilishga kirishilgan.

Bunda asosiy e`tibor huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan, prokuratura organlarini sobiq Ittifoq bo`ysunuvidan chiqarib, mustaqil O`zbekistonning milliy davlat organlari sifatida qayta tashkil etishga   qaratilgan.

Bu sa`y-harakatlar natijasida 1992 yil 8 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to`g`risida"gi Farmoni qabul qilindi hamda sobiq Ittifoq qaramog`idagi O`zbekiston SSR prokuraturasi mustaqil O`zbekiston   prokuraturasiga   aylantirildi.

O`tgan davrda prokuratura organlarining faoliyati islohotlarga hamohang tarzda takomillashtirib borildi.

Shuni alohida qayd etish joizki, Davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoev asos solgan taraqqiyotimizning yangi bosqichida jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha keng qamrovli va misli ko`rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.

So`nggi uch yilda prokuratura organlari faoliyati bilan bog`liq 20 ga yaqin qonun, Farmon, qaror va farmoyishning qabul qilindi. 

Birgina misol, Prezidentimiz tomonidan 19.12.2016 yilda O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi Qonuni imzolandi. 

Eng muhimi, bu haqdagi Qonun Yurtboshimiz Prezident sifatida   imzolagan birinchi Qonundir.

Prokuratura organlari xodimlarining kasbiy bayrami sifatida belgilangan kun prokuratura organlarida xizmat qiladigan barcha xodimlar, jumladan faxriylari qalbidagi orzu-umidlar ro`yobga chiqqan qutlug` sanadir.

Ta`kidlash joiz, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta`minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yo`nalishlarda salmoqli ishlar qilinmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda.

Bugun prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarishga vijdonan, sadoqat va yuksak mas`uliyat bilan yondashmoqda desak hech mubolag`a bo`lmaydi. 

Birgina 2019 yil davomida qonun ustuvorligini ta`minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida 77 mingga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qo`llanilgan, 134 ming nafar fuqaroning huquqlari tiklangan.

20 mingdan ortiq noqonuniy hujjatlar prokurorlarning protestlari asosida qonunga muvofiqlashtirilgan, tegishli idoralarga 16 mingga yaqin taqdimnomalar kiritilgan.

Qonun talablarini buzgan 40 mingga yaqin shaxs intizomiy va ma`muriy javobgarlikka tortilgan, qo`pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 1.709 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Prokuror tekshirishlari va jinoyat ishlari tergovi davomida jami 2 trln. 300 mlrd. so`mdan ortiq zararning qoplanishi ta`minlangan.

Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, har bir xodimi muhtaram Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, oliyjanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo`lib, faqat va faqat xalq manfaati yo`lida og`ishmay xizmat qilishlarida muvofaqqiyatlar tilab qolamiz. 

    Boshqa yangiliklar