2019 yilning noyabr oyida taqdim qilingan "Walt Disney" kinostudiyasi tomonidan yaratilgan "Muzyurak-2" dunyo kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop multfilm deya e`tirof etildi.
U kino prokatlarida 1,3 mlrd. AQSh dollar miqdorida daromad olgan.
Undan avvalgi rekordni 2013 yilda ilk bor namoyish qilingan "Muzyurak"ning birinchi qismi qayd etgan. Uning umumiy daromadi qariyb 1,3 mlrd AQSh dollarga teng bo`lgan edi.






