Joriy yilning 7 yanvar kuni Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o`tkazildi.
Ushbu tadbir davomida O`zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining g`oyaviy ta`siriga tushib, ularning safiga qo`shilish maqsadida qurolli to`qnashuvlarni davom ettirayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirgan Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi bir nechta fuqarolar qo`lga olindi.
Ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari hotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelayotganliklari ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.






