«O`zbekneftgaz» AJga yangi Boshqaruv raisi tayinlandi.
Bahodir Bahromovich Siddiqovning boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan Abdullaev Mehriddin Razzoqovich «O`zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Abdullaev Mehriddin Razzoqovich O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.






