Qibray tumani xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 2-ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabi direktori Go`zal Ibragimovaning mehnat shartnomasi Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasining 2019 yil 13 sentyabrdagi buyrug`i bilan ish beruvchining tashabbusiga ko`ra bekor qilingan.
Fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining ish yurituvida da`vogar Go`zal Ibragimovaning javobgar Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i v.v.b B.Safarovga nisbatan ishga tiklash va majburiy progul uchun haq undirish haqidagi fuqarolik ishi bo`yicha 2019 yil 12 noyabrda Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasining 2019 yil 13 sentyabrdagi 358-k-sonli buyrug`ini bekor qilish va da`vogarni ishlab kelgan lavozimiga tiklash to`g`risida sudning hal qiluv qarori chiqarilgan.
Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining hal qiluv qarori ijrosini ta`minlash maqsadida boshqarmaning 2019 yil 11 dekabr sanasidagi buyrug`iga asosan Go`zal Ibragimova Qibray tumanidagi 2-ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabi direktori lavozimiga tiklangan.
08.01.2020 12:28
Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan ishdan bo`shatilgan maktab direktori sud orqali lavozimiga qaytdi






