AsosiyJamiyat

Jurnalist va blogerlar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to`lov tizimining qanday ishlashi bilan tanishdi

'Jurnalist va blogerlar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to`lov tizimining qanday ishlashi bilan tanishdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo`nalishlarida avtomatlashtirilgan to`lov tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda.  

Ayni damda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar elektron to`lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta`minlandi hamda stasionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integrasiya qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, 3 yanvardan e`tiboran maxsus transport to`lov kartalari sotuvga chiqarilgan bo`lib, hozirgi kunga qadar 1000 dona kartalar yo`lovchilar tomonidan harid qilinib to`lovlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda.  

Bugun Yagona umumrespublika prosessing markazida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun jamoat transportida avtomatlashtirilgan to`lov tizimini joriy etishning mohiyati, undan ko`zlangan maqsad, kelgusidagi rejalar va ayni damda tizimni amaliyotga tadbiq etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda jurnalist va blogerlar avtomatlashtirilgan to`lov tizimi bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.  

Shu kuni jurnalist va blogerlar shahar avtobusida avtomatlashtirilgan to`lov tizimining ishlash jarayonidan yaqindan tanishib, yagona transport kartalaridan shaxsan o`zlari foydalanib ko`rishdi. 

 

    Boshqa yangiliklar