AsosiyJamiyat

Rasmiy: “Amirsoy”da vafot etgan shaxs sportchi emas, dam olishga kelgan yurtdoshlarimizdan biri bo`lgan”

'Rasmiy: “Amirsoy”da vafot etgan shaxs sportchi emas, dam olishga kelgan yurtdoshlarimizdan biri bo`lgan”'ning rasmi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Chimyondagi “Amirsoy Resort” tog`-chang`i kurortida chang`i trassalaridan birida tashrif buyuruvchilardan biri baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan edi.

Unga ko`ra kechki paytda kurort xodimlariga yosh chang`ichi yo`qolib qolgani xabar qilingan. Shundan keyin kurort qutqaruvchilari jamoasi zudlik bilan chang`ichini qidirishni boshlab yuborishgan.

30 daqiqadan keyin chang`ichi trassadan tashqarida tiriklik alomatlarisiz topilgan. Kurortning 8 nafar professional qutqaruvchisi va 2 nafar shifokor 50 daqiqa davomida jabrlanuvchini jonlantirishga harakat qilishgan, biroq baxtga qarshi ularning urinishlari besamar yakunlangan.

Bir qator ijtimoiy tarmoqlarda vafot etgan shaxs sportchi bo`lganligi haqida yozishdi. Ushbu holat yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi quyidagilarni ma`lum qildi:

"“Amirsoy Resort” tog`-chang`i kurortidagi chang`i trassasida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan shaxs vazirlik tizimida sportchi sifatida ro`yxatga olinmagan. Qishki sport turlar federasiyasida ham sportchi sifatida qayd etilmagan. Marhum shunchaki  “Amirsoy Resort” tog`-chang`i kurortiga dam olish maqsadida kelgan yurtdoshlarimizdan biri bo`lgan".

 

 

    Boshqa yangiliklar