AsosiyJamiyat

Surxondaryoda sayyohlarga yana bir qulaylik yaratildi

'Surxondaryoda sayyohlarga yana bir qulaylik yaratildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi tomonidan turizm namoyishi va infratuzilmasi ob`ektlari hududida chet el va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta`minlash bilan birga ularga qo`shimcha qulayliklar yaratish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashrif buyurgan turistlar uchun internet orqali Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi haqida yanada ko`proq ma`lumot berish, ular tomonidan zarur hollarda boshqarmaga murojaat qilinishini ta`minlash maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi joylashgan ma`muriy bino, aloqa telefon raqamlari, manzili, ish vaqti va boshqa ma`lumotlar “Facebook”dagi rasmiy sahifada “Google maps” ilovasi orqali joylashtirildi.

Endilikda, Surxondaryo viloyatiga kelgan chet el va mahalliy sayyohlar Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlarini bevosita, ya`ni gid-tarjimonlar va mahalliy aholi yordamisiz internet tarmog`idagi “Google maps” elektron xaritasidagi ma`lumotlar yordamida topishlari va murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, mamlakatimizning turistik jozibadorligi va buyuk o`tmishi haqida xabardor qilib borish, tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohaga oid eng oxirgi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlarining kundalik ish va xizmat faoliyatlari haqida turistlar tomonidan bildirilgan fikrlar to`g`risida ma`lumot berib borish maqsadida “Facebook” ijtimoiy tarmog`i va “Telegram” messenjerida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasining sahifasi va kanali ochilgan bo`lib, unga doimiy ravishda yangilangan ma`lumotlar kiritib borilmoqda.

Bundan ko`zlangan maqsad chet el va mahalliy sayyohlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotga kirishish orqali yordamga muhtoj sayyohlarga tezkorlik bilan amaliy yordam ko`rsatishni ta`minlash va bu orqali ularda yurtimiz to`g`risida ijobiy fikrlar shakllanishiga erishishdir, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar