1

Yangi Soliq kodeksiga asosan 10 dan ortiq hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi

Jamiyat 09.01.2020, 12:49
Yangi Soliq kodeksiga asosan 10 dan ortiq hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi

“Ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan 10 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi, deya xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Jumladan, “Er osti boyliklari to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va qazib olish uchun er qa`ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun lisenziya olgan er qa`ridan foydalanuvchilar imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini to`laydi. 

Imzoli bonus er qa`ridan foydalanuvchining tegishli lisenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo`yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat`iy belgilangan to`lovidir.

Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi Qonundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida mahalliy soliqlar bo`yicha imtiyozlar belgilashga oid vakolati chiqarildi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1