1

Ortiqxo`jaevning qarori loyihasi bo`yicha: "Narxlar ish haqi va materiallar oshganligi munosabati bilan qayta ko`rib chiqilmoqda"

Jamiyat 09.01.2020, 13:16
Ortiqxo`jaevning qarori loyihasi bo`yicha: "Narxlar ish haqi va materiallar oshganligi munosabati bilan qayta ko`rib chiqilmoqda"

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tayyorlanib muhokama uchun qo`yilgan loyiha ijtimoiy tarmoqlarda turli tushunmovchiliklar keltirib chiqardi. Avvalroq, bu borada Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ham rasmiy izoh berilgan edi. 

Ayni paytda ushbu qaror loyihasi bo`yicha qo`shimcha tushuntirish berildi.

Unga ko`ra:

Birinchidan, “Dafn etish va dafn ishi to`g`risida”gi Qonun bilan ushbu yo`nalishdagi asosiy munosabatlar tartibga solinadi. Xususan, Qonunning 4-moddasiga asosan dafn etish joylari tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida bo`ladi.

Ikkinchidan, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq hokimlar o`z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha tashkilotlar va aholi uchun majburiy bo`lgan qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday tusdagi qarorlar loyihalari hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o`tkaziladi. 

Uchinchidan, muhokamaga sabab bo`layotgan loyihada nazarda tutilgan ijtimoiy munosabatni tartibga solish hokimliklar zimmasiga yuklangan. Xususan, Hukumatning 2011 yil 4 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o`rnatish tartibi to`g`risidagi nizomda esa go`r qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan tariflar bo`yicha amalga oshirilishi belgilangan.

To`rtinchidan, qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy ta`mirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Qabr qazish va marosim xizmatlari bo`yicha ishchilar esa pulli xizmatlardan tushgan mablag`lar hisobidan oylik olishadi.

Beshinchidan, hozirgi vaqtda ham barcha hududlarda dafn etish joylaridagi xizmatlar haqi miqdori tegishli viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan tariflar bo`yicha undiriladi. Masalan, Samarqand viloyat hokimining 2019 yil 13 avgustdagi 213-q-son qaroriga muvofiq, katta o`lchamda musulmoncha qabr qazish uchun 84 964 so`m pul undirilishi nazarda tutilgan. Toshkent shahar hokimining 2018 yil 3 maydagi qaroriga asosan katta o`lchamda musulmoncha qabr qazish uchun 92 000 so`m miqdorda pul undirilishi belgilangan.

Oltinchidan, taklif etilayotgan loyiha hududiy moliya organi bilan kelishilgan. Narxlar oylik ish haqi, sarflanayotgan materiallar qiymatining oshganligi munosabati bilan qayta ko`rib chiqilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1