1

Dunyoning qator aviakompaniyalari Eron va Iroq havo hududi bo`ylab parvozlarni bekor qilmoqda

Dunyo 09.01.2020, 13:46
Dunyoning qator aviakompaniyalari Eron va Iroq havo hududi bo`ylab parvozlarni bekor qilmoqda

“Air France” aviakompaniyasi Eron va Iroq havo hududlari bo`ylab parvozlarni to`xtatdi. Boshqa aviakompaniyalar ham shunga o`xshash choralarni ko`rmoqda.

Bu haqdagi xabarni human.uz sayti SNNga tayanib bermoqda, “Air France” chorshanba kuni ikki mamlakat havo yo`li bo`ylab barcha parvozlarni to`xtatib qo`yganligini ma`lum qildi.

Aviakompaniya bu qaror ehtiyot chorasi ekanini, parvozlar xavfsizligini yuqori darajada ta`minlashdagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini aytdi.

Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi ham Iroqdagi mavjud voqealar tufayli Tehron va Erbilga parvozlarni bekor qilganini bildirdi.

Singapur aviakompaniyasi esa chorshanba kuni qilgan bayonotida, Evropaga kirish va undan chiqish parvozlari Eron havo hududidan ajratilganini, zarur bo`lganda yo`nalishlarga tegishli o`zgarishlar kiritishini qo`shimcha qildi.

Tayvanning “Eva air” aviakompaniyasi xavfsizlikni ta`minlash uchun Eron orqali parvoz qilishni to`xtatdi.

Malayziya “Airlines” aviakompaniyasi ham so`nggi voqealar sababli “Malayzia Eronning mojaroli havo maydonidan qochgani"ni ma`lum qildi.

Qo`shma Shtatlari Federal aviasiya ma`muriyati AQShning noharbiy samolyotlarini Iroq, Eron va Fors ko`rfazi va Ummon ko`rfazi suvlari ustidan uchishini cheklaganligi haqidagi xabarni tarqatdi.

Rossiya havo transporti federal agentligi barcha Rossiya aviakompaniyalariga Eron va Iroq havo hududlaridan foydalanmaslik uchun tavsiya bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1