1

Qashqadaryo viloyatining barcha iste`molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish boshlandi

Jamiyat 09.01.2020, 15:11
Qashqadaryo viloyatining barcha iste`molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish boshlandi

Xabar qilganimizdek, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, mamlakatimiz bo`ylab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Elektron xisoblagich” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shahar iste`molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlandi. Ma`lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida 644 mingdan ortiq iste`molchi bo`lib, hozirgi kunda 73 mingdan ziyod hisoblagich o`rnatildi. 2020 yil yakuniga borib bu ko`rsatkichni yuz foizga etkazish ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul o`rnatilmoqda.

O`rnatilayotgan elektr hisoblagichning ishlashi, undan foydalanish qoidalari va shunga o`xshash boshqa ko`pgina ma`lumotlarni aholiga etkazish uchun maxsus videorolik hamda yo`riqnoma tayyorlandi va Telegram kanalimiz (@minenergy_uz)ga joylashtirildi.

Ayni vaqtda hisoblagichlar o`rnatishda biror bir anglashmovchilik yoki ta`magirlik holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, 1154, (71)202-50-55 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning administratori (@HET_admin)ga murojaatlarni yo`llash mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1