1

2020 yil 1 martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

Jamiyat 09.01.2020, 15:57
2020 yil 1 martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

2020 yilning 8 yanvar kuni “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi. 2020 yil 1 martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi ko`rsatkichlarini hisoblash va baholash bo`yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

Ushbu tizimni ishlab chiqish, unga texnik xizmat ko`rsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o`tkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo`li bilan shartnoma tuziladi. Qaror bilan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko`ra, baholash yarim yillik va yil yakuni bo`yicha o`tkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko`rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag`batlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1