Qozog`iston Respublikasining “Tajen” nazorat-o`tkazish punktida noma`lum shaxslar go`yoki, “muammosiz” chegaradan o`tkazish evaziga pul undirayotgani to`g`risida O`zbekiston fuqarolaridan bir nechta murojaatlar kelib tushgan.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko`ra, O`zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi va Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog`iston tomoni bilan birgalikda holatning barcha tafsilotlarini aniqlash va muammoni bartaraf etish uchun qator diplomatik choralarni ko`rmoqda.






