AsosiyJamiyat

Prokurorlar tashabbusi: 532 ta tadbirkorlik faoliyati yo`lga qo`yildi, 854 nafariniki qayta tiklandi

'Prokurorlar tashabbusi: 532 ta tadbirkorlik faoliyati yo`lga qo`yildi, 854 nafariniki qayta tiklandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 8.08.2017 yildagi PQ–3182-son va 08.01.2019 yildagi PQ–4102-son qarorlari asosidaNamangan viloyati prokurorlari sektorlari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarni o`rganish orqali muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko`rish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Viloyatdagi tuman va shaharprokurorlari sektorlari 195 ta fuqarolar yig`ini hududidagi 122 861 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 697 567 nafar fuqaroning turmush tarzini, oilaviy sharoitini, ularning ijtimoiy muhofazasi, uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Buning uchun prokurorlar sektorlari hududida 45 ta kichik guruh tashkil etilib, ularga 216 nafar xodim (mutaxassis) jalb etilgan.

2019 yilda ushbu kichik guruhlar tomonidan aholi xonadonlariga uyma-uy yurish davomida aniqlangan 12 088 ta muammo bartaraf etilgan.

Xususan, Namangan tumanidagi Mallahovuz MFYda yashovchi B.Do`ltaevga AT “Xalq banki” Toshbuloq filialidan berilgan 30 mln so`m kredit hisobiga xonadonida issiqxona qurilib, bandligi ta`minlangan.

Norin tumanidagi Rovot MFYda yashovchi O.Davlatovaning yashash xonadonida homiylar mablag`lari hisobiga 25 mln. so`mlik ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarda aniqlangan 6 451 ta muammo bartaraf etilgan. 

Xususan, Norin tumanidagi “Toshloq” MFYga 300 metr,“Suzoqovul” MFYga 300 metr,“Qo`shchek” MFYga 6 km jami 6,6 km tarmoq tortilib, aholisi ichimlik suv bilan ta`minlangan.

Shuningdek, prokurorlar sektorlaridagi jami 25 ta MFYda 115,2 km yo`llarda shag`allash va asfaltlash ishlari bajarilgan.

Masalan, Uychi tumanidagi “Yorkatak” MFYda 8,4 km, “Ovchibuloq” MFYda 350 metr jami8,75 km yo`llarda asfaltlash va shag`allash ishlari olib borilgan hamda “Churtuk” MFYda 140 o`rinli maktabgacha ta`lim muassasasi qurib bitkazilgan.

Shu bilan birga, Namangan viloyatidagi prokurorlar sektorlarida eksport hajmini oshirish, yangi tadbirkorlik sub`ektlarini tashkil etishda yordam ko`rsatish, jinoyatchilikni oldini olish borasida ham keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, 2019 yilda sanoat va meva-sabzavotlarni eksport qilish uchun belgilangan 49,5 mln AQSh dollari miqdoridagi prognoz reja 52,1 mln AQSh dollariga yoki 105 foizga bajarildi hamda 29 nafar eksportyorlarning turli muammolari tezkorlik bilan hal etilgan.

Prokurorlar sektorlarida 2019 yilda tashkil etilgan 2 474 ta tadbirkorlik sub`ektlaridan 532 tasining faoliyati prokurorlar tashabbusi asosida yo`lga yo`lga qo`yilgan, 854 nafar faoliyatini to`xtatgan tadbirkorlarning faoliyati qayta tiklangan va 1 204 ta yangi ish o`rinlari yaratilgan.

Misol uchun, Uchqo`rg`on tumanida “Daminov biznes group” MChJga intensiv baliqchilikni rivojlantirish uchun ATB “Ipoteka bank” viloyat filialidan 318 360 evro kredit olishga yordam ko`rsatilgan.

Jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida viloyat prokuraturasining tuman va shahar sektorlarida 2019 yilda umumiy jinoyatchilik 2721 tani tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan 256 taga yoki 8,6 foizga kamaygan. 

Qolaversa, viloyatdagi prokurorlar sektorlarida har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha ishlarni tashkil etishga qaratilgan “yo`l xaritalari” ishlab chiqilib, ularning ijrosi yuzasidan sektorlar rahbarlarining tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobotlarini eshitish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.

Bir so`z bilan aytganda, hududlarni sektorlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi tizimi bugungi kunda o`zining ijobiy natijalarini bermoqda. Hududlarda prokurorlar sektorlar faoliyatini samarali yo`lga qo`yish xalq prokuraturasini shakllantirishning muhim omillaridan biri ekanligini to`liq anglab etdi. 

    Boshqa yangiliklar