Vatanimizning xalqaro imijini ko`tarish va O`zbekiston san`atini jahon miqyosida keng targ`ib qilish maqsadida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi bilan hamkorlikda yirik loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva ma`lum qildi.
"Nasib etsa, kelgusi yili tarixda ilk bor Parij javohiri, dunyo madaniyati va san`atining eng nodir namunalarini o`zida jamlagan Luvr muzeyida O`zbekiston madaniy meroslariga bag`ishlangan ko`rgazma tashkil etiladi" — deydi Saida Mirziyoeva.
O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbariyati Luvrga tashrifi chog`ida muzey direktori janob Jan-Lyuk Martines bilan uchrashdik va ushbu ko`rgazmaning tashkiliy masalalarini muhokama qilgan.
Ko`rgazma uchun muzeyning vaqtinchalik ekspozisiya zallarida 310 ta eksponatlar uchun joy ajratiladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, 2021 yilning oktyabr oyidan 2022 yilning fevraligacha davom etadigan ko`rgazmada O`zbekistonning butun dunyoga sochilgan eng nodir san`at namunalari va madaniy boyliklari birinchi bor yaxlit holatda namoyish etiladi.






