2020 yil 9 yanvar kungi Toshkent-Buxoro yo`nalishida harakatlanuvchi № 766 - «Afrosiyob» poezdi o`z manziliga harakat jadvalidan 40 daqiqa kechikib borishi ma`lum qilindi.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ bergan ma`lumotlarga ko`ra, kechikish texnik sabablarga ko`ra yuz bergan.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun «O`ztemiyo`lyo`lovchi» ma`muriyati yo`lovchilardan uzr so`radi.






