AsosiyJamiyat

Sergey Lavrov Abdulaziz Kamilov bilan tashrif sanasini ko`chirishni kelishib oldi

'Sergey Lavrov Abdulaziz Kamilov bilan tashrif sanasini ko`chirishni kelishib oldi'ning rasmi

2020 yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining joriy masalalari bo`yicha fikr almashildi.

Xalqaro tadbirlarning jadvalidagi ayrim o`zgarishlar sababli Rossiya TIV rahbarining Toshkent shahriga rasmiy tashrifi sanasini 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga ko`chirish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Sergey Lavrovning O`zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturidagi asosiy bandlar o`zgarishsiz qoladi. 

 

    Boshqa yangiliklar