AsosiyJamiyat

"Drujba"dagi fojiali YTHda halok bo`lganlar haqida ma`lum qilindi

'"Drujba"dagi fojiali YTHda halok bo`lganlar haqida ma`lum qilindi'ning rasmi

Sal avval kecha tunda Toshkentdagi "Xalqlar do`stligi" saroyi yaqinida yuz bergan yo`l-trnasoprt hodisasi haqida xabar bergan edik. Ayni paytda ushbu fojiada halok bo`lganlar haqida rasmiy ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 2020 yil 09 yanvar kuni soat 23:17da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko`chalari chorrahasida “BMW” rusumli hamda “LACETTI” rusumli avtomashinalar ishtirokida yo`l transport hodisasi yuz bergan. Buning oqibatida, “BMW” rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda “LACETTI” rusumli avtoulovning salon qismida yong`in sodir bo`lgan.  

Ayanchlisi mazkur hodisada 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV xabarida.

    Boshqa yangiliklar